Yalindim yolvordim menla qolmading Gado holatimga nazar solmading Yuragim og'ritib hech ham tolmading Sen telba shoir deb seva olmading! Osmonlarda yurib yerga boqmading Bir bor iqbol dengizimda oqmading Men deb ishq olovin sira yoqmading Sen telba shoir deb seva olmading! G'arib qalbim uchun qilmay takalluf Ishq jodumi yoki sehr yokida kuf-suf Ming bor gapiryapman yuraging eh qulf Sen telba shoir deb seva olmading G'ururing oldida osmonlar kichik Ohlarim oldida bo'ronlar kichik Sevgimga tupurding gavdang qilib tik Sen telba shoir deb sevaolmading! Yuraging oldida toshlar ham yumshoq Har soniya dardim tutadi to'lg'oq Senga ko'ngil bergan, men o'zi ahmoq Sen telba shoir deb seva olmading! Dilga sening vasling qo'ydim yakkalab Qolgan go'zallarga dilni tanbalab Oshiqlaring ichida Sen Meni tanlab Sen telba shoir deb seva olmading! O'zga go'zallarni ta'riflarini Yolg'on bil she'rdagi hariflarini Yo sevmading tanam zaiflarini Sen telba shoir deb seva olmading Lazizning tanho o'zing suygani Menga boshqa cho'g', yo'qmi kuygani Bir harakat qilib ishqni tuygani Sen telba shoir deb seva olmading!!!

Теги других блогов: she'rlar uzbek she'rlari telba shoir