Kerakmas mingta so'z bilan avrashing... Hamono yodimda o'zing deyishing... Har tongda sani man tushda ko'rdim deb... Kerakmas his etmas kuylar kuylashing... Birgina so'rayman sandan hamisha... Eslagin o'zgaga bir boqqaningda... Kimningdir ko'ziga tikilganingda... Suratim namoyon bo'lsin ularda... Diqqating buzganda begona chiroy... Yuraging qattiqroq ursa birovdan... Jumbushga kelganda eting suhbatdan... Iltimos bir bora eslagin mani... Kerakmas eslashing yonimda bo'lsang... Kerakmas o'zimga aytishing sevging... Yolvoray bir bora eslab tur mani... Birovlar yonida o'tirar bo'lsang... Yodga ol bir bora manim nigohim... Nursiz bir ko'zlarda ko'ringaningda... Dilim yetimlikda o'ksiganini ham... Kimnidir mexrida ovunganingda... Hamisha eslab tur kelganingdamas... San mandan yiroqqa ketar bo'lganda... Qalbimda g'amimni eslagin bir bor... Kimnidir og'ushida quvonganingda... Kimnidir ovozi jaranglaganda... Qulog'inga qo'shiq bo'lib kelarmu... Navosi yoqimli bo'lsada uni... Meningdek nolasi unda bo'larmu... Zor qaqshab yig'lagan bemor ishqimni... Ko'ngli to'q zolimlar tushunarmidi... Mexringa zor tashna sahrolarimda... Bir bora oyog'im kuydirarmidi... Bo'g'izlab qo'ysaydim beburt ishqimni... Tilkalab tashlasam bemor sevgimni... Mendan ham qaysarroq chiqdi tuyg'uyim... Mengamas vafosi senga deydiya... Jimgina termulgan ko'zlarim asli... Yurak og'rig'idan hayqirganini... Churq etmas lablarim tishlanganini... Kimnidir o'pganda yodga olsayding... Kerakmas qo'limga bergan sovg'ang ham... Qo'limdan tutganda issiq tafting ham... Bir donang bo'lmasam yurakkinangda... Joningni bersang ham kerakmas manga...

Теги: love poetry heartbreak

Теги других блогов: love poetry heartbreak